03/06/2022

Joriy yilning 3- iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari tomonidan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda dastlab, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati so‘z yuritildi.
Mazkur tadbir davomida Davlat statistikasi tizimida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, Microsoft Office Excel dasturiy paketidan ish jarayonida foydalanish asoslari hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlili qilish uchun mo‘ljallangan dasturlar bo‘yicha ma’lumot berishdi.
Seminar nihoyasida ishtirokchilar o’zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ'ib qilindi. http://fb.com/UZSTAT011

photo2022-06-0317-39-24

photo2022-06-0317-39-25

photo2022-06-0317-39-26

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech