Toshkent shaharida 2022- yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 20 015,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 110,5 foizga oshdi. Yirik korxonalarning tovar aylanmasi 8 165,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Poytaxtimiz tumanlari kesimida eng yuqori ko'rsatkich 3 325,2 mlrd. so‘m bilan Yunusobod, tumaniga tegishli.
Eng past ko'rsatkich 350,4 mlrd. so‘m Yangihayot tumaniga tegishli.
HUDUDLAR KESIMIDA CHAKANA SAVDO TOVAR AYLANMASI
Chilonzor tumani-2539,8 mlrd. so‘m
Uchtepa tumani-1988,3 mlrd. so‘m
Shayxontohur tumani- 1840,0 mlrd. so‘m
Yakkasaroy tumani-1755,0 mlrd. so‘m
Sirg‘ali tumani-1563,8 mlrd. so‘m
Bektemir tumani-1397,6 mlrd. so‘m
Yashnobod tumani-1381,2 mlrd. so‘m
Olmazor tumani-1357,5 mlrd. so‘m
Mirobod tumani-1303,5 mlrd. so‘m
Mirzo Ulug‘bek tumani-1213,5 mlrd. so‘m
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati