06/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahar Yangihayot tumani yoshlari uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 3- iyun kuni Toshkent politexnika texnikumida Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoira Bibisora Turobova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda texnikumning faol o‘quvchilari, ustozlar hamda she’riyat olamiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoira Bibisora Turobova tadbir davomida o’quvchilarga o‘zining ijodiy asarlaridan parchalar keltirdi. Xususan, “Kelin salom” she’riy to’plamidan joy olgan she’rlar o’quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Mazkur uchrashuv tom ma’noda adabiy kechaga aylandi. Maktab o’quvchilari ham tadbirda o’zlari yodlab kelgan she’rlari bilan faol qatnashdi.

Tadbir yakunida faol qatnashgan o’quvchilarga badiiy kitoblar sovg’a qilindi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech