Mamlakatimiz eksport-importida turizm hajmining toʻliq hisobga olinishini taʻminlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlari va yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlami yigʻish tizimini takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan joriy yilning 10- mayidan 10- iyuniga qadar kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilishi belgilangan.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi xodimlari, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti talabalari ushbu so‘rovnomada sayyohlarning fikrlarini faol tarzda o‘rganishdi.
Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etib, dasturda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlaganligi uchun intervyuyerlarga tashakkurnomalar topshirildi!
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati