Joriy yilning 3-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining majlislar zalida Davlat tili bo‘yicha ma’sul xodim M. Ismoilxo‘jayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosini to‘liq ta’minlash, rasmiy ish yuritish xujjatlarini davlat tilida bo‘lishi monitoringini yuritish bo‘yicha tadbir tashkil etildi
Tadbirda ta’kidlaganidek, xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.
O‘bekistonda 1989 yil 21 oktyabrda xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakatning mustaqillik sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadami bo‘ldi. 1995 yil 21 dekabrda yangi tahrirda qabul qilinishi davlat tilining huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati