Konstitutsiya va Qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tadbir
Joriy yilning 11-may kuni Toshkent shahar statistika boshsarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Konstitutsiya va Qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2019 yil 13 dekabrdagi
PK-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yigilish bo‘lib o‘tdi.
Yigilishni boshrqarma boshlig‘i v.b. L. Mirsoatov ochib berib, tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi. Shundan so‘ng, boshrqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
“Jamiyat va shaxs...!" bobiga oid mavzusida ma’ruza qildi. Ta’kidlanganidek, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini xisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ'ib qilindi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati