18/06/2022

Joriy yilning 18-may kuni Toshkent shahar statistika boshsarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida" 2022 yil 11 maydagi PQ-240-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yigilish bo‘lib o‘tdi.
Yigilishni boshrqarma boshlig‘i v.b. L. Mirsoatov ochib berib, tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, boshrqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga mazkur qaror bilan 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab “E-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushirilishi ta’kidlandi. Unga quydagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitary korxonalari va muassasalari, davlat ulushi50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari bo‘yicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda ko‘rish maqsadida “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elekron reestri”ni shakllantirish va yuritish bo'yicha ma'lumot berib o'tildi.

 photo2022-06-2111-27-47

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati          

Tugmani bosing Tinglash GSpeech