17/06/2022

 Joriy yilning 17-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonining mazmuni va mohiyatini tushuntirish yuzasidan “ Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish!” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov yig‘ilganlarga korrupsiya jamiyatni ortga surayotgan, millionlab insonlar hayotini xavf ostida qoldirayotgan jinoyatchilikning eng oliy ko‘rinishidir, unga befarq bo‘lishimiz, o‘zimiz, xalqimiz, yurtimiz uchun fojea hisoblanadi deb ta’kidladi.
Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b. Sh.Norkulov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonini ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Bundan tashqari korrupsiya xususan, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘lishi haqida keng va atroflicha tushuncha berib o‘tdi.

photo2022-06-2311-41-34

Axborot xizmati   

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech