Mazkur seminarda Yunusobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i D.Toxirov ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hamorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida ta’kidladi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig'i B.Boymurodov tadbirda mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshirilishini ta'kidladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinishi aytib o‘tildi.
Axborot xizmati