Toshkent shahrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlari egallaydi.
2022- yil yanvar-may oylarida bu xizmatlarning ulushi (32,9 %) ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar aloqa va axboratlashtirish xizmatlar (10,1 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (3,8 %), transport xizmatlari (9,0 %), boshqa xizmatlar (5,6 %) shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,8 %) qayd etildi. Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 0,6 % ga yetdi.
Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlari umumiy hajmning 31,7 % ini tashkil etgan. 2021- yilning shu davrida kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi ham eng kichik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan – 0,8 %.
27/06/2022