Joriy yilning 24- iyun kuni Davlat statistika qoʻmitasida Narxlar statistikasi boshqarmasi tomonidan oʻquv seminar tashkil etildi. Seminarda Davlat statistika qoʻmitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari Narx boʻlimi boshliqlari ishtirok etdi.
Seminarni Davlat statistika qoʻmitasi raisi Bahodir Begalov kirish soʻzi bilan ochib berib, mavzuga oid oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.
Tadbirda narxlar statistikasiga oid atamalar, isteʻmol narxlari indeksi va narxlar statistikasining boshqa ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari boʻyicha qoʻmita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini oʻrgandi.
Shuningdek, tadbir davomida Isteʻmol narxlari indeksi (INI) kuzatuvlarini yanada takomillashtirish, jumladan 2023- yil uchun kuzatuvning hududiy tanlanmasini maqbullashtirish borasida muhokamalar tashkil etildi.
Seminar soʻnggida ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Axborot xizmati