29/06/2022

Joriy yilning 27-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari tomonidan Boshqarma Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov yig‘ilganlarga Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini saylash to‘g‘risidagi 19-son Bayon qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zaro Boshqarmaning Kasaba uyushma qo‘mitasi raisini tanlash bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.
Boshqarma boshlig‘ining Maxsus bo‘limi bosh mutaxassisi R.Mullayanova boshqarmada ko‘p yillardan beri mehnati, tirishqoqligi, sabrli, jamoa ishlarida faol qatnashib, o‘zini jonkuyarligi, ishga bo‘lgan mas’uliyati cheksiz, madaniyatli, haqiqiy vatanparvar Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘I O.Boyqobilovni kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi nomzodiga tavsiya etdi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zosi, D.Rustamov jamoat ishlarida faol ishtirokchi, xodimlar orasida hurmat-e’tiborga loyiq O.Boyqobilovning nomzodini kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga qabul qilishini ovozga qo‘yishni taklif qildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan, boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari o‘z navbatida tanlangan nomzod hakida iliq fikrlar bildirgan holda, Boyqobilov Odil nomzodini kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga bir ovozdan ma’qullashdi.

photo2022-06-2815-42-47

photo2022-06-2815-42-50

photo2022-06-2815-42-53

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech