Joriy yilning 28-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 710- son qarori bilan tasdiqlangan aholini ro'yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to'lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman va shaharlarida ro‘yxatga olish bo‘limlarini tashkil etish, vazifalarini belgilash va faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan, ayni payitda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda ro‘yxatga olish bo‘limlariga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan suhbat asosida ishga qabul qilish jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Axborot xizmati