Joriy yilning 1- iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi tomonidan qo‘mitada “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad statistika tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, statistika faoliyatiga oid bo‘lgan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi va “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi, shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tayyorlangan taqdimotlar orqali tushuntirib berishdan iborat.
Seminar qatnashchilari tomonidan “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan targ‘ibot mavzusiga doir berilgan barcha savollarga Yuridik bo‘limi tomonidan atroflicha javob berildi.
Qo‘mita markaziy apparatida va hududiy statistika boshqarmalarida har oyning birinchi jumasi – “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” deb e’lon qilindi.
Axborot xizmati