Toshkent shahar Roʻyxatga olish boʻlimi xodimlariga guvohnomalar topshirildi
Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Ro‘yxatga olish bo‘limlari ish boshlagan edi.
Toshkent shahar Roʻyxatga olish boʻlimi xodimlariga boshqarma tomonidan maxsus guvohnomalar topshirildi.
Mazkur bo‘limlar respublikamizda 2023-yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Bo‘limlarning asosiy vazifasi tuman (shahar) aholisiga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, kadastr organlari bilan birgalikda mahalla xaritalarini yangilash, ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan xodimlarni tanlash va ularni o‘qitish, ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli qilib tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazishdan iborat.
Axborot xizmati