16/07/2022

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi ko'magida 13–15-iyul kunlari Davlat statistika qo'mitasida statistika bo'yicha ekspert Georgi Kvinikadzening sinov tariqasida qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatga olish bo’yicha missiyasi tashkil etildi.

photo2022-07-1614-16-24

photo2022-07-1614-16-28

Missiya ishining birinchi kunida Georgi Kvinikadzening Davlat statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari Agzam Ikramov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda shuningdek, BMTning Oziq – ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti vakillari – Furqat Ibragimov, Qishloq xo'jaligi vazirligi statistika bo'limi vakili Jahongir Artiqov ham ishtirok etishdi. Davlat statistika qo‘mitasidan Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig'i – Shavkat G'ulomov, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig’i – Qobil Berdiqulov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi – Shohruh Odilov va Davlat statistika qo'mitasining qishloq xo'jaligi sohasida aholini ro'yxatga olish bo'yicha ishchi guruhi vakillari ham uchrashuvda ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ekspert 2024-yilda qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatga olishning me'yoriy-huquqiy bazasi, qo'mita tomonidan tayyorlangan so'rovnomalar  shakllari bilan tanishdi.

photo2022-07-1614-16-31

photo2022-07-1614-16-34

Shu kuni G. Kvinikadze Toshkent viloyati Parkent tumaniga tashrif buyurib, qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatga olish bo'yicha ishchi guruh vakillari bilan birgalikda ro'yxatga olish uchastkalarini ko'zdan kechirdi, kartografik materiallar va ro'yxatga olish uchastkalarinining sxemalari bilan tanishdi.

Tashrifning ikkinchi kuni ekspert qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatga olish bo'yicha tayyorlangan so'rovnomalar shakllari, elektron axborot yig'ish qurilmalari  (planshetlar)ning dasturiy ta'minoti va Davlat statistika qo'mitasi tomonidan olib borilayotgan qishloq xo'jaligini ro'yxatga olishni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha targ’ibot-tashviqot ishlari bilan tanishdi.

photo2022-07-1614-16-35photo2022-07-1614-16-36

Missiya natijalariga ko'ra, Georgi Kvinikadze 2022-yil avgust oyida sinov tariqasida qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatga olish bo’yicha ko’rilayotgan tayyorgarlik ishlarini yuqori baholadi va o’zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech