Joriy yilning 22- iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan qo‘mita xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 18- iyuldagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-323- son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 11- maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-240-son qarorlarining mazmun-mohiyati barcha yig‘ilish qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.
Hozirgi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Xususan, PQ-323-son qaroriga ko‘ra, xotin-qizlarning oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakti asosida o‘qishi uchun 2022–2023- o‘quv yilida 14 % lik imtiyozli kreditlar ajratilishi, shuningdek, ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarilishi nazarda tutilgan.
Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan xotin-qizlarni oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakti asosida o‘qishi uchun davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar va kafolatlar borasida berilgan barcha savollarga Yuridik bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Axborot xizmati