25/07/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22- oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan joriy yilning  19-21- iyul kunlari “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida, Adliya vazirligi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan trening tashkil etildi.photo2022-07-2516-40-31

Treningda 75 ta vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

photo2022-07-2516-40-33

Davlat statistika qo‘mitasidan mazkur treningda Yuridik bo‘limi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

photo2022-07-2516-40-36

Treningni Adliya vazirining o‘rinbosari A.Karimov ochib berdi. BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan jalb qilingan xalqaro ekspert va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan vazirlik va idororalardan onlayn qatnashgan ma’sul vakillarga nazariy ko‘nikmalar va tushunchalar berildi.

Tadbir so‘ngida trening qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan test savollariga javob berishdi.

 Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech