26/07/2022

Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.

Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 294 508 donaga oshgan.

Oʻzbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan.

Oʻzbekiston 6 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 1 mln. dona

Vyetnam – 137 149 dona

BAA – 94 565 dona

Hindiston – 90 679 dona

Qozogʻiston – 4109 dona

Koreya – 1 914 dona

Oylar kesimida telefon importi:

yanvar – 129 766 dona

fevral – 284 461 dona

mart – 286 056 dona

aprel – 276 362 dona

may – 124 393 dona

iyun – 229 872 dona

photo2022-07-2611-35-41

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech