27/07/2022

Ma'lumki joylarda “Ro‘yxatga olish” bo‘limlariga registrator lavozimiga o‘z arizalari bergan fuqarolar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Joriy yilning 26-iyul sanasida Bektemir tuman Ro'yxatga olish bo'lim boshlig'i T. Gapporov tomonidan ham seminar tashkil etildi. Unda registratorning asosiy vazifalari, normativ-huquqiy xujjatlar asosida ishlarni tashkil etish, davlat tilini yaxshi bilishi va xusnixati chiroyli bo‘lishi kabi talablar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini o‘tkazilishining asosiy maqsadi, O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mohiyati va mazmunini tushuntirishga ham to‘xtalib o‘tildi.

Oʻquv-seminar davomida uy-joy roʻyxatini tuzuvchilarni ish jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrishlarida roʻyxatga olish boʻlimlarining mas'uliyati va vazifalari alohida ta'kidlandi.

photo2022-07-2714-04-32

photo2022-07-2714-04-29

photo2022-07-2714-04-33

photo2022-07-2714-04-34

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech