Joriy yilning 27-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish bo'limi bosh mutaxasisi K.Jamolov tomonidan Mirzo Ulug'bek tumani hokimiyatida uy-joy roʻyxatini tuzuvchilarni ish jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrishlarida roʻyxatga olish boʻlimlarining mas'uliyati va vazifalari bo'yicha seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda “aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilangan barcha vazifalar tushuntirildi. Xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb qilinadigan shaxslar o‘zbekiston respublikasi fuqarosi bo‘lishi, davlat tilini bilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, muomala layoqatiga ega bo‘lishi, aholi bilan muloqotga kirisha oladigan, aniq va tushunarli yoza oladigan hamda tegishli hududda doimiy yashab turgan bo‘lishi kabi talablar qo‘yilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati