Toshkent shahrida 2021-2022-yillarning yanvar-iyun oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir.
O‘sish sur’atlari sanoatda – 107,6% (YAHMning tarmoqlar bo’yicha tarkibidagi ulushi – 33,7%), qurilishda – 109,0% (10,0 %), xizmatlar sohasida – 107,0 % ni (56,3%) tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 108,0 % (15,2 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 117,4 % (12,3 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,3 % dan (28,8 %) iborat bo‘ldi.
Axborot xizmati