Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida aholi punktlardagi turar joylar va bino inshootlar ro‘yxatini tuzish, kadastr agentligi tomonidan tayyorlangan xaritalarini mosligini xatlovdan o‘tkazish, mahalla va qishloq aholi punktlaridagi xonadonlar ro‘yxati va undagi aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida mahallalardan tanlab olingan registratorlarni Davlat statistika qo‘mitasining o‘qitish dasturiga muvofiq joriy yilning 2-avgust sanasida Olmazor tumanida o‘quv seminari tashkil etildi.
Aytish lozimki, Olmazor tumanida doimiy aholi soni 304837 kishini tashkil etadi. Tumanda 59 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud, xonodonlar soni 63218 ta bo'lib, 24 ta registratorlar o'qitilmoqda
Ushbu seminarda tayyorlangan xaritalardagi uy joylar va bino inshootlarni xatlovdan o‘tkazuvchi registratorlar bilan o‘quv mashg‘uloti hamda joylarga chiqib amaliy tarzda jarayonni birgalikda amalga oshirish ishlari bajarilishi belgilandi.
Axborot xizmati