Joriy yilning 29-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining majlislar zalida 2022- yil II chorak yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlangan boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim xodimlari qatnashdi.
Mazkur yig'ilishni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligi L.Mirsoatov ochib berib, hududiy statistika bo’lim xodimlari zimmasiga qo'yilgan vazifalar va tizimda 2022-yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to'xtalib o'tdi.
Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.
Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati