2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 115,2 % ni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari qurilishda – 115,7 %, sanoatda – 116,8 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida 117,2 % qayd etildi.
Respublikaning o‘rtacha darajasi (115,2 %)dan past bo‘lgan deflyator indeksi savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 112,4 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 110,2 %, tashish va saqlash, axborot va aloqada – 105,2 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati