16/08/2022

Joriy yilning 16-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali xodimlari R.Ro'ziqulov, O'.Abdukarimov, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi xodimi D.Muhiddinova hamda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo'limlari qatnashdi.

Mazkur tadbirda "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan amaliyotga joriy etilayotgan o'zgarishlar, xususan, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Seminar so'nggida boshqarma xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.

photo1660651897-3

photo1660651897-2

photo1660651897-1

photo1660651897-4

photo1660651897

Axborot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech