16/08/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda 14 546 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 602 taga oshgan bo‘lib, ularning eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

Rossiya – 2 705 ta

Turkiya – 2 050 ta

Xitoy – 2 036 ta

Qozog‘iston – 1 182 ta

Janubiy Koreya – 906 ta

Bundan tashqari yanvar-iyul oylarida xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning soni esa quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Rossiya – 465 ta

Turkiya – 203 ta

Xitoy – 149 ta

Qozog‘iston – 120 ta

Janubiy Koreya – 51 ta

photo2022-08-1714-22-42

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech