Joriy yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Toshkent shahar statistika boshqarmasida Toshkent shahar statistika boshqarmasi birinchi o'rinbosari Sh.Norkulov, Ro'yxatga olish bo'lim boshlig'i B.Boymurodov hamda tuman ro'yxatga olish bo'lim boshliqlari va o'rinbosarlari ishtirokida aholi va uy-joy ro'yxatini tuzuvchilar(registratorlar) uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda uy-xo'jaliklarini ro'yxatga olish yuzasidan bajarilayotgan ishlar, xududlarda kartografik materiallarni o'rganish, xaritalarni to'gri to'ldirish, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Seminar so'ngida boshqarma mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati