2022- yilning yanvar-iyul oylarida moliya (30,7 %), aloqa va axborotlashtirish (22,8 %), yashash va ovqatlanish (16,3 %) xizmatlarida yuqori o‘sish qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan pastroq o‘sish ta’lim sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (5,9 %).
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:
Moliyaviy xizmatlar – 130,7 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 122,8 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 116,3 %;
Boshqa xizmatlar – 115,2 %;
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 111,2 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,6 %;
Transport xizmatlari – 109,9 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –109,8 %;
Savdo xizmatlari – 108,1 %;
Ijara xizmatlari – 108,1 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 108,0 %;
Shaxsiy xizmatlar – 106,6 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 105,9 %.
Axborot xizmati