19/08/2022

Joriy yilning 18-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Toshkent shahar statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti M.Usmonov va tizim xodimlari ishtirokida "Yoshlarning huquqiy savodxonligi va qonun ustuvorligini ta'minlash tizimini yanada isloh qilish" mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarda vatanparvarlik g'oyalarini rivojlantirish, huquqiy ong va savodxonligi oshirish masalalariga to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali siyosiy-huquqiy faol shaxsni shakllantirish mumkinligi ta'kidlandi.

Seminar so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

photo2022-08-2314-38-05

photo2022-08-2314-38-06

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech