12/08/2022

Joriy yilning 22-avgust kuni Toshkent shahar statistika statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari ishtirokida “Milliy qadriyatlar - yot gʻoyalarga qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni boshqarma boshligʻi L.Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, milliy qadriyatlarni yoshlarga oʻrgatish bugun har qachongidan-da muhim ekanini taʼkidladi. Milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash-milliy tiklanishimizga zamin yaratishi shubhasizligini, ota-bobolarimizdan bizga meros boʻlib qolgan qadriyatlarni bizdan keyingi odamlarga ham yetkazishimiz kerakligini, bu borada muqaddas islom dinimizning zalvori balandligi xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

photo2022-08-2314-43-08

photo2022-08-2314-43-09

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech