25/08/2022

Toshkent shahri bo‘yicha 2022-yilning yanvar-iyun oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 693,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ga ko‘paydi.

Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 621,0 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati
141,5 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 72,2 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 46,4 %) tashkil etdi.

photo2022-08-2517-56-01

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech