Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-iyul oylari davomida teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1107,8 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 107,7 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, Respublikada 2022-yilning yanvar-iyul oylarida jami teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatidagi yuqori ulush Andijon viloyati 321,0 mlrd soʻm (29,0 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati