Joriy yilning 6- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlari tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Belarus Respublikasining aholini ro‘yxatga olishni Internet tarmog‘i orqali va planshet qurilmalari yordamida o‘tkazish tajribasini o‘rganib, respublikamizda uni qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Z. Ziyayev, Belarus Respublikasi Milliy statistika q`omitasi vakili V. Provolotskiy, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etishdi.
Kun tartibiga muvofiq, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish borasida AKT tizimlaridan foydalanish, uy-joylar ro‘yxatini tuzish va kartografik materiallarni tayyorlash bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganiladi.
Uchrashuvlar 14- sentabrga qadar davom etadi.
Axborot xizmati