Joriy yilning 7-sentabr kuni Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i R.Nurmatov hamda Uchtepa tumani statistika bo‘lim boshlig‘i U.Karimov tomonidan 2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”ini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmlari hisobini to‘g‘ri tayyorlash tartiblari haqida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati