08/09/2022

Ma’lumki, joriy yilning 4-31- avgust kunlari respublikamizning barcha hududlarida uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbirda barcha registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish hamda 7 shartli belgilar asosida xaritalarga o‘zgartirishlar kiritish kabi ishlari olib borildi.
Toshkent shahar registratorlari ham mazkur tadbirda faol qatnashdilar. Joriy yilning 8-sentabr sanasida uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlari nihoyasiga yetganligi munosabati bilan faol va muddatidan oldin uy-joylarni ro‘yxatini shakllantirgan Mirobod tumanining registratotlariga esdalik sovg‘alarini topshirish tadbiri bo’lib o’tdi. Sovg‘alarni Toshkent shahari statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov o‘z egalariga topshirdi.

photo2022-09-0804-23-40

photo2022-09-0804-23-43

photo2022-09-0804-23-46

photo2022-09-0804-23-48

Axborot xizmati  

Tugmani bosing Tinglash GSpeech