Joriy yilning 28- avgustidan 8- sentabrigacha Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Malayziya Xalqaro Islom universiteti (International Islamic University Malaysia) o‘rtasida hamkorlikda “Islom bank ishi va moliyasi bo‘yicha” qisqa (Short-Course in Islamic Banking and Finance) o‘quv kursi tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari, jumladan Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Urazbaev Rahmatjon Otajanovich ham qatnashdi.
10 kun davom etgan o‘quv kursida ishtirokchilar Malayziyaning Islom banki va moliyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldilar.
Kurs yakunida ularga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.
Axborot xizmati