Ma’lumki, 2-DX “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot”i va boshqa hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi seminar Mirobod hamda Shayhontoxur tumanlari mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda shahar statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i R. Nurmatov, Mirobod va Shayhontoxur tumani statistika bo’lim boshliqlari qatnashdilar. Seminar jarayonida 2-DX Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobotini tayyorlashda biriktirilgan umumiy yer maydoni, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydoni, yig‘ilgan yalpi hosil, yopiq yerlar (issiqxonalar, parniklar) soni va umumiy maydoni, yopiq yerlar (issiqxonalar, parniklar)ning ekinlar bilan bandligi va yig‘ilgan yalpi hosil, kelgusi yil hosili uchun ekilgan kuzgi ekinlar kabi bo‘limlarini to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha ma’lumot berildi.
Axborot xizmati