Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 53,5 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 80,9 % ini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 8,1 % ni (2021- yilning yanvar-avgust oylarida – 11,7 %), o‘rta-yuqori texnologiyali – 20,5 % (18,8 %), o‘rta-quyi texnologiyali – 29,9 % (32,2 %) va quyi texnologiyalisi – 41,5 % (37,3 %)ni tashkil etdi.
Axborot xizmati