Joriy yilning 13-sentabr kuni Sergeli tumani “Taraqqiyyot” MFYda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati to‘g’risida Toshkent shahar Sergeli tumani statistika bo‘lim boshlig‘i A. Qobilov va boshqarmaning bosh yuristkonsulti M.Usmonov tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati, oxirgi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohatlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida ta’kidladi.
Davra suhbati nihoyasida ishtirokchilar o‘zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ‘ib qilindi.
Axborot xizmati