Joriy yilning 24-sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan ishchi-xodimlarning ommaviy-madaniy va ma’rifiy dam olishini ta’minlash maqsadida Samarqand shahriga 115 nafar ishchi xodimlarning sayohati uyushtirildi.
Samarqand shahri bo‘ylab sayohatda yuqori malakali gidlar xodinlarni tarixiy-madaniy obidalar, Imom al-Buxoriy, Go‘ri Amir, Shohi Zinda maqbaralari, Registon majmuasi hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilganqurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishtirdilar.
Sayohat davomida Samarqand shahridagi Hazrati Hizir masjidi hududida joylashgan O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov qabrini ziyorat qilib, xotirasi yod etildi. Sayohatga jalb etilgan soha xodimlariga Samarqand shahridagi qadimiy tarixiy va madaniy obidalar, amalga oshirilgan ulkan obodonlashtirish ishlari katta taassurot uyg‘otdi.
Axborot xizmati