2022- yilning 22–23- sentabr kunlari Moskva shahrida “Katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va rasmiy statistika: Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqidagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi.
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Davlat statistika qoʻmitasidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi Odilov Shohruh Gʻayratjonovich hamda Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo`limi boshligʻi Samadov Shaxboz Baxrom oʻgʻli ishtirok etdi.
Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini rasmiy statistika maʼlumotlari bilan ishlash jarayonlariga joriy qilish boʻyicha halqaro tajribani oʻrganishdan iborat.
Seminar ishtirokchilari katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalari hamda statistik maʼlumotlardan keng foydalanish va oʻzaro tajriba almashish boʻyicha fikr-mulohaza almashishdi.
Axborot xizmati