2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida jami 25,8 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida korxona va tshkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 60,1 %, ni tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Shuningdek, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 21,2 %, aholi mablag‘lari hisobidan 2,4 %, Respublika budjeti hisobidan 6,9 %, tijorat bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari hisobidan 9,1 % va Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 0,1 % investitsiyalar moliyalashtirildi.
Axborot xizmati