29/09/2022

Toshkent shahar statistika boshqarmasida joriy yilning 29-sentabr kuni Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi tomonidan “4 mehnat shakli” statistika hisobotini to‘ldirish va taqdim etish yuzasidan subyektlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Ushbu seminarda yirik tijorat korxonalari hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash tashkilotlarning mas’ullariga statistika hisobotlarini to’g’ri to’ldirish va o’z vaqtida topshirish uchun tegishli tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, seminarlar davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

photo2022-10-0321-06-25

photo2022-10-0321-06-26

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech