03/10/2022

Joriy yilning 30-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

photo2022-10-0321-34-28

photo2022-10-0321-34-29-2

photo2022-10-0321-34-29

Tadbirda statistika tizimida uzoq yillar faoliyat olib borgan, shogirdlar tarbiyalagan ustoz-murabbiylar, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

photo2022-10-0321-34-30

photo2022-10-0321-34-31

Shuningdek, “1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida, Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ustoz-murabbiylarning jamiyatimizdagi roli haqida gapirar ekan, ularning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgani, vatanimiz uchun sadoqatli va salohiyatli kadrlar tayyorlashda ustozlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

photo2022-10-0321-34-32

photo2022-10-0321-34-33

photo2022-10-0321-34-34

Shu o‘rinda, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi nomidan bizga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan ustoz va murabbiylarni yana bir bor kasb bayramlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Barcha ustoz va murabbiylarga sihat-salomatlik, sharafli va masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz.

photo2022-10-0321-34-35

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech