05/10/2022

Toshkent shahri bo‘yicha 2022-yilning yanvar-avgust oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 922,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 110,0 % ga ko‘paydi.
Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 808,2 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 105,9 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 114,3 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 151,8 %) tashkil etdi.

photo2022-10-0504-12-17

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech