Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 -yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln AQSh dollariga kam.
2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Qirg‘iziston Respublikasi. – 12,7 mln.
— Ozarbayjon – 3 mln.
— Аfg‘oniston – 2,2 mln.
— Rossiya – 2,2 mln.
— Qozog‘iston – 843 ming
— АQSh – 358 ming
— Tojikiston – 305 ming
AQSh dollari
Axborot xizmati