Toshkent shahrining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida 2022-yilning yanvar-avgust oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 808,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (395,2 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati