Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022 yil 1 - sentabr holatiga ko‘ra 9,1 mingtani tashkil etib, ulardan 8,9 mingtasi yoki 97,2 % faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 1,1 mingtaga yoki 12,2 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2022 - yilning yanvar - avgust oylarida 1 239 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
Axborot xizmati