18/10/2022

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

photo2022-10-1721-17-14
Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.

photo2022-10-1721-17-12

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.

photo2022-10-1721-17-11
Davlat statistika qoʻmitasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

photo2022-10-1721-17-10
Davlat statistika qoʻmitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanining 10 ta mahallasida hashar tashkil etildi.

photo2022-10-1721-17-12-2

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech